Nima uchun Busnex?

Professional SaaS platformalarining barcha afzalliklari bitta tizimda

Tez va oson

Ro'yxatdan o'tib, 10 daqiqada biznesingizni sozlang va ishga tushiring.

Xavfsizlik

Har bir biznes alohida izolyatsiya qilingan. Ma'lumotlaringiz faqat sizniki.

Hisobotlar

Sotuv, xarajat va sof foyda hisobi bir joyda. Oylar bo'yicha o'sishni ko'ring.

So'mda hisob

Interfeys o'zbek tilida, barcha summalar so'mda yuritiladi.

Jamoaviy ish

Xodimlaringizni taklif qiling, rollarga bo'ling, ruxsatlarni boshqaring.

Mobil moslashgan

Telefon, planshet va kompyuterda to'liq ishlaydi. Har yerdan kiring.

Bulutda ishlaydi

Dasturni o'rnatish shart emas. Brauzer orqali istalgan qurilmadan kirasiz.

Faoliyat jurnali

Kim, qachon, nima qilgani yozib boriladi: sotuv, o'zgartirish, xodim qo'shish.

Sohangizga mos modullar

Ro'yxatdan o'tishda sohangizni tanlaysiz — menyu va imkoniyatlar shunga moslanadi.

O'quv markazi uchun

  • Lid CRM: Kanban voronka, izohlar, talabaga aylantirish va konversiya hisoboti
  • Talabalar, guruhlar, kurslar va oylik davomat jurnali
  • Imtihon va baholar: ball kiritilsa baho avtomatik qo'yiladi
  • Talaba to'lovlari, qarzdorlar va bir nechta kassa (naqd, karta, bank)
  • Xodimlar: smena jadvali, KPI, ish haqi (oylik, dars soni, tushumdan foiz, smena)
  • Vazifalar: xodimga topshiriq berish va muddatini kuzatish
  • Coinlar, mukofotlar do'koni va kutubxona
  • Ota-ona/talaba portali: davomat, baho, to'lov va coin bitta havolada
  • Telegram bot: darsga kelmasa, to'lov va baho haqida ota-onaga xabar

Do'kon va savdo uchun

  • Onlayn do'kon: mijozlar uchun katalog, savat, olib ketish yoki yetkazib berish, buyurtma holatini kuzatish
  • Telegram bot va Mini App: mijoz bot ichida ro'yxatdan o'tib, buyurtma beradi, holat haqida xabar oladi
  • Onlayn to'lov: karta orqali, pul to'g'ridan-to'g'ri do'kon egasining hisobiga tushadi
  • Kassa (POS): naqd, karta, o'tkazma va nasiya savdo
  • Qaytarishlar: chek bo'yicha, ombor va kassa avtomatik yangilanadi
  • Nasiya daftari: qarzdor mijozlar va to'lovlarni qabul qilish
  • Mahsulotlar, ombor harakati tarixi va inventarizatsiya tuzatishlari
  • Xaridlar, yetkazib beruvchilar, xarajatlar va sof foyda hisoboti
  • Xodimlar: smena, KPI va ish haqi — o'quv markazidagi kabi

To'lov tizimlari (Payme, Click) va SMS (Eskiz) ulanishi tez orada qo'shiladi.